Aybdorlarga qat’iy chora ko‘rilishi kerak - Ta’lim inspeksiyasi “Andijoncha tajriba”ni qoraladi
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim sifati uchun pedagoglarni ayblash yoki behurmat qilishni qat’iyan qoralab bayonot berdi. Inspeksiya Marhamat tumanidagi 72-IDUMda o‘qituvchilar ota-onalardan uzr so‘rattirilgani uchun javobgarlar jazolanishiga umid bildirdi. Ma’lum qilinishicha, bu maktab ta’lim sifati past maktablar qatorida turmaydi.

Foto: Kun.uz
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 72-IDUM ta’lim sifati eng past maktablar qatorida turmaydi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ushbu maktabda ro‘y bergan voqeaga bildirgan munosabatida ma’lum qilindi.
“Marhamat tumanidagi 9-maktab (hozirgi 72-IDUM) reytingda respublika bo‘yicha 9622 ta maktab o‘rtasida 5144-o‘rinni, tumandagi 45 ta maktab o‘rtasida 23-o‘rinni egallagan. Ya’ni past natija qayd etmagan”, – deyiladi inspeksiya munosabatida.
Nazorat organi ushbu maktabda o‘qituvchilar ta’lim sifati uchun ota-onalardan uzr so‘rattirilgani voqeasini qoraladi.
“Ta’lim inspeksiyasi ta’lim sifatida mavjud muammolar uchun pedagoglarni ayblash yoki behurmat qilishni qat’iyan qoralaydi. Marhamat tumanidagi ustozlar bilan sodir bo‘lgan holat esa, vakolatli organlar tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, aybdorlarga qat’iy chora ko‘rish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, – ta’kidlangan bayonotda.
Qayd etilishicha, 2021 yilda prezident topshirig‘iga asosan ilk marta maktablar reytingi tuzilganida, bundan asosiy maqsad avvalo hokimlar hamda ularning ta’limga bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini baholash bo‘lgan.
“Hech bir huquqiy me’yoriy hujjatda maktablar reytingida past natija ko‘rsatgan maktab pedagoglariga chora ko‘rish bo‘yicha normalar mavjud emas. Ya’ni ushbu maktablarni jazolash emas, balki ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ularga yordam berish maqsad qilingan”, deya qayd etmoqda nazorat organi.
Ta’kidlanishicha, maktablar reytingi jazolash emas, aksincha rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi. Prezident farmoniga ko‘ra:
- tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan umumta’lim muassasalari direktorlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida (10 baravari) bir martalik rag‘batlantiriladi;
- xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va metodistlariga, umumta’lim muassasalari direktorlariga hamda tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda birinchi beshta o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalarining 2 nafar o‘qituvchilariga O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hisobidan sanatoriylarda dam olish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.
Reytingdan maqsad – sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarishga qaratilgan choralar ishlab chiqishdir.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiqda spirtli ichimlik oldi-sotdisi sabab yuz bergan janjal oqibatida fuqaro vafot etdi
Jamiyat | 19:51
-
O‘zKeysServis zamonaviy servis markazlari va raqamlashtirish tizimi: Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlashda yangi bosqich
O‘zbekiston | 19:00
-
"BMT eskirdi, xalqaro hamjamiyat muammolar oldida ojiz" - Turkiya elchisi
O‘zbekiston | 18:57
-
Rossiyada chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha yangi xizmat tashkil etildi
Jahon | 18:56
Mavzuga oid

14:22
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

13:46 / 31.03.2025