Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan holda mashina boshqarib yurgan 18 yoshli yigitga chora ko‘rildi
Yigit bilan birga unga mashina boshqarishni topshirgan shaxsga ham chora ko‘rilgan.
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida «Vaz-21013» mashinasi ruxsat etilmagan mayoqcha o‘rnatgan holda harakatlanib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan izoh berdi.
Video yuzasidan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan va davlat raqami 30W 030 UA bo‘lgan «Vaz-21013» mashinasini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, 2003 yilda tug‘ilgan Sh.U. boshqarib yurgani aniqlangan.
Shundan so‘ng Sh.U.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. Haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, mashina boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsga transport vositasini topshirgan fuqaroga ham tegishli chora ko‘riladi.
Mavzuga oid
22:36 / 02.04.2026
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
18:09 / 23.03.2026
Polshalik erkak haydovchilik guvohnomasi olish uchun nazariy imtihondan 139-urinishda o‘tdi
15:34 / 21.03.2026
Yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etish tartibi o‘zgaradi
10:43 / 05.03.2026