Saytimizda «Iştixon maşina-traktor parkini onlayn auksionda yutib olgan ğolib u yerga kira olmasdan sarson bölmoqda» sarlavhasi ostida jurnalist Ş.Şokirjonovning jurnalistik suriştiruv maqolasi e'lon qilingan edi.

Uşbu maqolaga Samarqand viloyat «Agroservis MTP» MÇJ direktori vazifasini bajaruvçi Olim Boysariyev imzosi bilan munosabat yuborildi.

«Kun.uz tahririyati tomonidan 2019 yil 20 avgust kuni 0097993 lot bilan «Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan savdoga çiqarilgan «Iştixon Agroservis MTP va ISM» MÇJ ga tegişli Iştixon şahri, Iştixon köçasi, 84-uy manzilida joylaşgan quriliş osti maydoni 8421.4 kv.m foydali maydoni 7950.69 kv.m bölgan bino inşootlarni fuqaro Qodirov San'at 1 mlrd. 539 mln. 328 ming sömga xarid qilgan bölsa-da, «Iştixon Agroservis MTP va ISM» MÇJga tegişli hududga kira olmayotgani haqida maqola e'lon qilingan.

Haqiqatdan ham, ATB «Turonbank» Samarqand filiali tomonidan Samarqand şahar iqtisodiy sudiga kiritilgan da'vo arizasi 2018 yil 27 sentabr kuni körib çiqilib, undiruv «Iştixon Agroservis MTP va ISM» MÇJga bino-inşootlarga qaratiş haqida hal qiluvçi qarori çiqarilgani sababli, uşbu bino-inşootlar onlayn-auksion savdosiga çiqarilib, S.Qodirov tomonidan sotib olingan.

Biroq sud tomonidan undiruvni mazkur bino-inşootlarga qaratiş yuzasidan çiqarilgan hal qiluv qaroridan norozi bölganimiz sababli «Samarqand viloyati Agroservis MTP» MÇJ tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Samarqand viloyat iqtisodiy sudiga kassatsiya şikoyati kiritilgan va şikoyat körib çiqiş uçun qabul qilingan.

Uşbu kassatsiya şikoyatining kiritilişi — S.Qodirovning bino-inşootlarni sotib olganiga qarşilik körsatiş uçun emas, balki bino-inşootlarni onlayn-auksion savdosiga çiqariş tartibiga rioya qilinmagani va sud tomonidan uşbu holatga xolisona huquqiy baho berilmasdan hal qiluv qarori qabul qilinganiga e'tiroz sifatida amalga oşirilgan», — deyiladi Samarqand viloyati «Agroservis MTP» MÇJ direktori v.b. O.Boysariyevning xatida.