Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand aeroportidagi yangi terminal mart oyida foydalanishga topshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari Samarqand xalqaro aeroportida yaratilayotgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Qayd etilishicha, bu «havo darvozasi» qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. O‘tgan yili uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘l, avtoturargoh va yoritish ustunlari barpo etilmoqda.

«Mirzo Ulug‘bekning buyuk merosi Samarqandning timsoliga aylangan. Shu bois yangi aeroport binosi alloma bobomizning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» kitobi shaklida barpo etilgan. Terminalning eni 175, balandligi 25 metr. Bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi», deyiladi xabarda.


Ma’lum qilinishicha, aeroportda «ochiq osmon» rejimi qo‘llaniladi, kargo xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Yangi terminal kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026