Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek diasporasi Kalugada migrantlar faoliyatiga cheklovlar kiritilishiga nisbatan fikr bildirdi
«O‘zbegim» milliy-madaniy avtonomiyasi prezidenti Sur’atbek Abdurahimovning fikricha, bu qaror vaqtinchalik.
Kaluga hukumati oblastdagi millatlararo keskinlik mavzusi jamoatchilik kun tartibidan olinganidan so‘ng migrantlarga nisbatan cheklovlarni bekor qiladi. Sankt-Peterburgdagi «O‘zbegim» milliy-madaniy avtonomiyasi prezidenti Sur’atbek Abdurahimov ana shunday fikr bildirdi.
«Menimcha, bu qaror vaqtinchalik, keyinroq hammasi yana o‘z o‘rniga qaytadi. Buni jiddiy olmaslik kerak», — dedi u.
Abdurahimovning qo‘shimcha qilishicha, rossiyalik amaldorlar va jamoat arboblari tomonidan migrantlar mehnatidan foydalanishni cheklash borasidagi tashabbuslar vaqti-vaqti bilan yangrab turadi. Ammo bunday choralar joriy etilganida ham uzoqqa bormaydi.
Avvalroq Rossiyaning Kaluga oblasti gubernatori Vladimir Shapsha migrantlarning umumiy ovqatlanish, transport va chakana savdo sohalarida ishlashini taqiqlagandi.
Rossiya quruvchilar birlashmasining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda sohaga 2 millionga yaqin migrant yetishmayapti.
Mavzuga oid
07:53 / 03.09.2025
Polshada mushkul ahvolda qolgan uch fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
15:22 / 02.09.2025
Rossiyadan 16 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:30 / 01.09.2025
Olmaotada mushkul ahvolda qolgan ona va ikki farzandi olib kelindi
08:23 / 01.09.2025