Jamiyat | 15:52 / 11.02.2022
5764
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi “Gazmprobank”ning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev Rossiyaning eng yirik universal banklaridan biri bo‘lgan, Markaziy hamda Sharqiy Yevropadagi banklar ro‘yxatida xususiy kapitali bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan “Gazprombank” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev bilan uchrashdi va o‘zaro ikkitomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Foto: O‘zbekneftgaz

Bugungi kunda “Gazprombank” AJ “O‘zbekneftgaz” AJning uglevodorodlar qazib olish va qayta ishlashni oshirishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi strategik hamkori hisoblanadi.

Loyihalarni amalga oshirishda xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb qilmasdan qo‘yilgan maqsadlarga erishish imkonsiz. Bu yo‘nalishda “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘plab xalqaro moliya institutlari va investorlar qatori “Gazprombank” bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, “Gazprombank” AJ tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz sanoatida salmoqli loyihalarni amalga oshirish uchun 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag‘ ajratildi.

Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi “Gazprombank” vakillariga minnatdorchilik bildirib, ayni hamkorlarning bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan “O‘zbekneftgaz” AJ jahon reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib borayotgani, nufuzli agentliklaridan korporativ reytinglarga ega bo‘lgani hamda debyut yevrobondlar ham chiqarilishga erishilganini qayd etdi.

“Gazprombank” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyev ham “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan erishilayotgan natijalardan xursand ekani va bu borada “Gazprombank” AJ doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini, hamkorlik bu bilan cheklanib qolmay, yangi istiqbolli yo‘nalishlarda davom ettirilishini ma’lum qildi.

Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv doirasida tomonlar yangi loyihalarni amalga oshirish uchun “Gazprombank” AJ tomonidan beriladigan mablag‘lar, asosiy shart-sharoitlarini muhokama qilib, keyingi hamkorlik rejalarini belgilab olishdi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid