Jamiyat | 20:00 / 11.02.2022
7090
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: “Yashil makon” loyihasi doirasida Qashqadaryoda barpo etilgan 120 gektarlik agrouchastkaga tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilmoqda

Prezidentimiz tomonidan 2021 yilning noyabr oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasi ma’lum qilinib, 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddatda daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” deb e’lon qilingan edi.

Foto: “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

Ushbu loyiha doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 120 gektar yerni egallagan agrouchastka tashkil etildi. Ushbu agrouchastkaga 72 ming donadan ziyod mevali va manzarali daraxtlar ekilgan edi.

Hozirda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hududida barpo etilgan ushbu bog‘da ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish ishlari davom ettirilmoqda. 

Foto: “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida agrouchastkalarga ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatilmoqda.

Foto: “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati

Bundan tashqari, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi tomonidan ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos xorijiy manzarali daraxtlarni mahalliylashtirish, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish, manzarali va mevali daraxtlarni parvarishlash, daraxtlarni sug‘orish tizimini qayta ko‘rib chiqish, uning samarali faoliyatini ta’minlash, tomchilab sug‘orish texnologiyalarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish kabi bir qator ishlar amalga oshirilishi mo‘ljallangan.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Matbuot xizmati Ⓣ

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid