Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasida vodorod energetikasini rivojlantirişga ham alohida e’tibor qaratilgan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
2022 yilning may oyiga qadar vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida umumiy qiymati 10 mlrd sömlik ilmiy-tadqiqotlarni taşkil etiş va yangi ilmiy işlanmalar asosida vodorod energiyasini oliş, saqlaş va taşiş texnologiyasini yaratiş dasturi tasdiqlanadi.
Unga köra:
2023-2024 yillarda vodorod energetikasi materiallari va texnologiyalari böyiça ilmiy loyihalarni amalga oşiriş orqali yangi texnologiyalar (vodorodni saqlaş uçun adsorberlar, metalgidrid taşuvçilar, vodorod oliş uçun nanokatalizator va quyoş energiyasi asosidagi elektroliz) yaratiladi;
2022-2024 yillarda vodorod energetikasi sohasida yetakçi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga 20 nafar yoş olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalari taşkil etiladi.
Energetika vazirligi huzurida taşkil etilgan Qayta tiklanuvçi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinaş va sertifikatlaş laboratoriyasi taşkil etilgan.
Hozirda uşbu institutda qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasini rivojlantiriş borasida ilmiy izlanişlar olib bormoqda, deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Energetika vazirligi elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari tarmoğini rivojlantiriş dasturini taqdim etişi xabar berilgandi.
2022 yilning 4-çoragiga qadar elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyalari tarmoğini yaratiş va rivojlantiriş yuzasidan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi.
Bunda, respublikada faoliyat yuritayotgan AGTKŞ, AYoQŞlarda, aholi köp yiğiladigan obektlar hududlarida elektr quvvatlantiriş, şu jumladan qayta tiklanuvçi energiya manbalari yordamida quvvatlantiriş stansiyalari örnatilişi nazarda tutiladi.












