Muloqot çoğida Özbekiston-Ispaniya ikki tomonlama iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantiriş istiqbollari va özaro şeriklikning aniq yönalişlari xususida fikr almaşildi.
Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Özbekistonda ispan kompaniyalarining bozorga kirib kelişiga kömaklaşuvçi, özaro manfaatli investitsiyalarni rağbatlantiriş va biznesni rivojlantiriş imkonini beruvçi BancoSantander filialini oçiş taklifi bildirildi.
Bank xizmatlari va tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Özbekiston banklari uçun töğridan töğri kreditlaş va kredit liniyalarini oçiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bunday hamkorlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş uçun qöşimça resurslar taqdim etadi hamda kiçik va örta biznes uçun moliyaviy vositalardan foydalaniş imkoniyatini oşiradi.
Muzokaralar çoğida yirik infratuzilma va sanoat obektlarini loyihaviy moliyalaştiriş jihatlari hamda energetika sohasidagi innovatsion yeçimlarga e’tibor qaratildi.
Xususan, Ispaniya banki bir qator muhim loyihalarni moliyalaştirişga katta qiziqiş bildirgan. Ular orasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OGMK) va Özbekistonning Solar Nature MÇJ kompaniyasi bilan hamkorlikda quyoş fotoelektr stansiyasi loyihasini amalga oşiriş dasturi bor.
Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, hamkorlikning yangi formatlarini işlab çiqiş, uşbu vazifalarni amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlar uçun ekspertlar darajasida maslahatlaşuvlarni davom ettiriş böyiça kelişuvlar bilan yakunlandi.













