Jahon | 15:35 / 12.02.2022
13898
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya flotining 30dan ortiq kemasi Qrimni mudofaa qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshladi

Qora dengizdagi mashg‘ulotlar bilan bir vaqtda Qrimda Rossiya va Belarus hamkorligida «Ittifoqchilik qat’iyati - 2022» harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. 

Foto: RIA Novosti

Qora dengiz flotining 30dan ortiq kemasi Qrimni mudofaa qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Bu haqda Qora dengiz floti axborot bo‘limi xabar berdi.

«Qora dengiz flotining 30dan ortiq kemasi mashg‘ulotlar rejasi bo‘yicha Sevastopol va Novorossiyskdan dengizga chiqdi», — deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlarda fregatlar, qo‘riqchi va kichik raketa kemalari, raketa katerlari, desant kemalari hamda minaga qarshi mudofaa kemalari qatnashmoqda. 

Mashg‘ulotlar bilan bir vaqtda Qrimda Rossiya va Belarus hamkorligida «Ittifoqchilik qat’iyati — 2022» harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. 

Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan 48 soat ichida Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishni talab qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid