Rossiya Ukrainaga «istalgan» lahzada bostirib kirişi mumkin, bu haqda 11 fevral kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden administratsiyasi vakili ma’lum qildi. «Biz bosqin istalgan vaqtda, jumladan Olimpiya öyinlari davom etayotgan vaqtda boşlanişi mumkin bölgan vaqtda turibmiz», — dedi AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken. AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalasi böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan Rossiya Ukraina çegaralari yaqinida uşbu mamlakatga bostirib kiriş uçun yetarli miqdorda qöşin töplagani, ammo AQŞda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bostirib kiriş böyiça yakuniy qarorga kelgani haqida ma’lumot yöqligini aytdi.

Sallivan Rossiya baribir Ukrainaga bostirib kiradigan bölsa, hujum havodan bombardimon qiliş va raketalar yöllaş bilan boşlanişi mumkinligi, rossiyalik harbiylar Kiyevga hujum qilişi ham istisno etilmasligini qöşimça qildi.

Politico naşrining yozişiça, Jo Bayden ittifoqçilarga bosqin 16 fevral kuni boşlanişi mumkinligini aytgan. Der Spiegel ma’lumotiga köra, bu sana haqida Markaziy razvedka boşqarmasi va Amerika armiyasi rahbariyati tomonidan AQŞ hukumati va NATO mamlakatlari xabardor qilingan. Der Spiegel xabarida, Berlindagilar Vaşingtonning xulosasi aynan qanday dalilga asoslanganini bilmasliklari, şu bilan birga amerikaliklar hisoboti juda batafsil va unda juda köp manbalarning ma’lumotlari keltirilgani qayd etilgan. «Rossiyaliklar bosqini yönalişlari aniq körsatilgan, şuningdek ruslarning qaysi harbiy qismlari qanday vazifalarni zimmasiga olgani bayon etilgan», — deya yozadi Der Spiegel nemis harbiylari diplomatik doiralaridagi manbasiga tayanib.

Yevropaning ba’zi davlatlari Rossiyaning rejalari borasidagi razvedka baholarida AQŞ bilan hamfikr emas. Buyuk Britaniya vakili mamlakat rasmiylari 16 fevral kuni sodir bölişi mumkin bölgan voqealar böyiça razvedka ma’lumotlarini boşqaça talqin etişayotganini ta’kidlagan. Politico naşrining yozişiça, ikki yevropalik diplomat (ular qaysi mamlakatlar vakillari ekaniga aniqlik kiritilmagan) bu ma’lumotga yanada «skeptik» yondaşmoqda. Xabarda aytilişiça, ulardan biri bunga işonçi kamligi, sababi Putin bunday qöpol xatoga yöl qöymasligini ta’kidlagan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kiriş niyati yöqligini takrorladi. AQŞning yangi bayonoti Rossiya TIV tomonidan «isterika» deb ataldi. «Anglosakslarga uruş kerak. Har qanday yöl bilan. Provokatsiyalar, dezinformatsiyalar va tahdidlar — ularning öz muammolarini hal qilişning sevimli metodi. Amerika harbiy-siyosiy maşinasi katogi (ğaltak maşina) yana odamlar hayotini bosib ötişga tayyor. Butun dunyo militarizm va imperiya ambitsiyalari özini foş etayotganiga guvoh bölib turibdi», — deya yozgan Rossiya taşqi işlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarova telegramdagi kanalida.

Ukraina TIV xotirjamlik saqlab, «barqarorlikka putur yetkazadigan va vahima uruğini soçadigan harakatlardan qoçiş»ga çaqirgan. Idora bayonotida mamlakat qurolli kuçlari «Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetiga har qanday tajovuzni qaytarişga tayyorligi», diplomatlar esa «barça asosiy siyosiy hamkorlar bilan keçayu kunduz aloqada bölib turgani» ta’kidlangan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham AQŞning bayonotiga munosabatida Rossiya Ukrainaga hujum qilişi haqidagi ma’lumotlar keragidan ortiq köpayib ketganidan şikoyat qilib, bu borada dalil taqdim etişni söradi. Mamlakatning sobiq prezidenti Petro Poroşenko esa mamlakatni himoya qiliş strategiyasi muhokamasi uçun Ukraina milliy xavfsizlik kengaşi va Oliy Radada şoşilinç yiğilişini çaqirişni talab etdi.

Kyiv Sikorsky Airport

Bir kun içida 30 mamlakat öz fuqarolarini Ukrainaga bormaslik yoki bu yerga safarlar qilişdan tiyilişga çaqirdi. Amerikaliklar Ukrainadan yaqin 24-48 soat içida, tijoriy aviaqatnovlar bölib turgan vaqtda çiqib ketiş tavsiya etilgan, prezident maslahatçisi Rossiya tomonidan bosqin röy bersa, Ukrainada fuqarolik reyslari amalga oşirilişi töxtaşi mumkinligini aytgan. AQŞdan taşqari quyidagi davlatlar ham öz fuqarolaridan imkon qadar Ukrainadan ketişni yoki u yerga bormay turişni söragan:

Buyuk Britaniya
Germaniya
Turkiya
Avstraliya
Belgiya
Italiya
Isroil
Ispaniya
Kanada
Latviya
Niderlandiya
Yangi Zelandiya
Norvegiya
Daniya
Şimoliy Makedoniya
Finlandiya
Çernogoriya
Estoniya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Şveytsariya
Şvetsiya
Marokaş
Polşa
Litva
Kuvayt
Iordaniya
Ruminiya
Fransiya

12 fevral kuni çiqqan britan gazetalari muqovalari. Ularning barçasi bu sonni Ukrainaga ehtimoliy bosqin mavzusiga bağişlagan va britanlar zudlik bilan mamlakatni tark etişga çaqirilgan.

«RF uçun oğir sanksiyalar» paketi allaqaçon tayyorlangan. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 11 fevral kuni keçqurun Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bilan muzokaralardan keyin aytdi. Öz navbatida, Jyeyk Sallivan oldini oluvçi sanksiyalar (uruşga tayyorlanayotgan duşman hujumini qaytariş maqsadidagi) qöllaş imkoniyati körib çiqilmayotganini qayd etgan. Rossiya uçun tayyorlangan çeklovlar Rossiya banklari, yirik biznesmenlar va qurol eksportiga qarşi qaratilgan; Reuters YeI va AQŞdagi manbalariga asoslanib xabar qilişiça, Ğarbdagilar Rossiyani SWIFT banklararo mablağ ötkaziş tizimidan uzib qöyiş rejasidan voz keçişgan.

Ukraina taşqi işlar vazirligi Rossiyadan Ukraina çegarasi va Qrimdagi harakatlari böyiça batafsil izoh berişni talab qilgan.

Ukraina inqirozi kuçayişining navbatdagi bosqiçi jahon bozorida aks etmoqda. 11 fevral kuni keçqurun Rossiyada dollar kursi 1 fevraldan beri ilk bor 77 rubldan, yevro kursi 27 yanvardan buyon ilk bor 88 rubldan oşdi. AQŞ hukumatining yangi bayonotlaridan keyin asosiy fond indekslari 1,4–2,8 foizga pasaydi. Brent nefti bahosi 2014 yil oktyabridan buyon ilk bor bir barreli uçun 95 dollardan kötarildi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç mamlakat Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli şoşilinç ravişda oziq-ovqat mahsulotlari va neft mahsulotlari sotib olayotganini ma’lum qildi.

12 fevral kuni Putin Bayden va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqotlar ötkazdi. Bayden Putinni Ukrainaga bosqin Rossiya uçun oğir oqibatlarga olib kelişi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Putin bundan oldin 2021 yil 30 dekabrida muloqot ötkazgandi (şundan söng Rossiya va AQŞ Yevropada xavfsizlik kafolati böyiça uç bosqiçli muzokaralar ötkazdi, uning natijalari Rossiya tomonidan muvaffaqiyatsiz deb baholandi). Putin Makron bilan 7 fevral kuni Moskvada uçraşgan va bu uçraşuvda ham Ukraina atrofidagi keskinlikni yumşatiş böyiça oldinga siljişga erişilmagandi.

Qora dengizda Rossiya flotining 30dan ortiq kemasi iştirokida maşğulotlar boşlandi. Kemalar orasida — fregatlar, qöriqçi va kiçik raketa kemalari, raketa katerlari, desant kemalari hamda minaga qarşi mudofaa kemalari bor. Maşğulotlardan maqsad Qrim sohilini mudofaa qiliş böyiça könikmalarni oşiriş ekani aytilgan.