Navbatda turgan xaridorlarga avtomobili yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llanadi
Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga avtomobil uchun navbatda turgan fuqarolarga aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash topshirig‘ini berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni mashinasozlik sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
«Jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o‘rin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak», deydi prezident.
Qayd etilishicha, mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirilgan. Bunda:
- elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;
- elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan ko‘rsatma berilgan.
Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bo‘yicha barcha masalalar hal qilib berilgani va bunga budjetdan 100 milliard so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tilgan.
Soha rahbarlari oldiga 2022 yilda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida:
- qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxini 12 foizga kamaytirish;
- ishlab chiqarishni 2 barobarga oshirish;
- eksportni 15 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Prezident avtomobil uchun navbatlar mavzusiga to‘xtalib, hozirgi kunda navbatda turgan har bir buyurtmachiga UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq bergan.
Ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda 160 mingta, yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.
Bozorda taklifni oshirib, xalqimizga tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida import avtomobillar uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga pasaytirish bo‘yicha hukumatga topshiriq berilgan.
Bundan avvalroq davlat rahbari aholi talablariga e’tibor qaratib, avtomobillar uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizga pasaytirish va 1 mayga qadar avtomobil sotib olishdagi navbatlarni to‘liq bartaraf etishga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi
O‘zbekiston | 21:44
-
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi
O‘zbekiston | 21:35
-
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 21:30
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024