Şavkat Mirziyoyev huzurida 14 fevral kuni maşinasozlik sanoatida amalga oşirilayotgan işlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş boşlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar qildi.

Qayd etilişiça, sönggi tört yilda tarmoqni transformatsiya qiliş boşlanib, «Özavtosanoat»ga xorijiy mutaxassislar olib kelingan. Xorijiy kompaniyalar iştirokida yangi korxonalar taşkil etiş va aksiz soliğini bekor qiliş orqali sohada raqobat muhiti yaratilgan.

Natijada ötgan tört yilda avtomobil işlab çiqariş hajmi 1,8 barobarga, tarmoq eksporti esa 2,7 barobarga oşgan. Şuningdek, 2,6 ming turdagi butlovçi qismlarni işlab çiqariş özlaştirilgan.

UzAuto Motors Fitch Ratings va Standard and Poor’s xalqaro agentliklaridan «barqaror» kredit reytinglarini olib, xalqaro moliya bozorida 300 million dollarlik yevrobond joylaştirgan.

«Özavtosanoat» rahbariga muhim topşiriqlar

Prezident sohaga mas’ul «Özavtosanoat» AJ raisi Şavkat Umurzoqovga işlab çiqarişni oşiriş va aholi talabini töliq qondiriş böyiça tinimsiz işlaşi şartligini körsatib ötdi.

Şuningdek, jahonda mikroçiplar işlab çiqariş va xalqaro logistika bilan boğliq muammolardan kelib çiqib yangi yondaşuv va yeçimlar topiş zarurligi qayd etilgan.

Umuman, maşinasozlik tarmoği sanoatning «drayver» sohalaridan biri bölişi kerakligi ta’kidlandi.

Bu borada, beş yillik Taraqqiyot strategiyasida avtomobil işlab çiqarişni 1,4 barobarga, eksportini esa 2 barobarga oşiriş belgilab olingan.

Şu munosabat bilan 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni töliq bartaraf etiş, UzAuto Motors avtomobillari uçun oldindan tölov miqdorini 85 foizdan 50 foizgaça pasaytiriş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, Şavkat Umurzoqov zimmasiga bir hafta muddatda avtomobil savdosida oçiq-oşkora va inson omilidan xoli tizimni yölga qöyib, sun’iy navbatlar va korrupsion holatlarni tag-tomiri bilan yöq qiliş uçun şaxsiy javobgarlik yuklandi.