Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon AQSh askarlari Ukrainada jang qilmasligini tasdiqladi
Amerikaliklar harbiy harakatlarda ham, amerikaliklarni bu mamlakatdan evakuatsiya qilishda ham ishtirok etmaydi. Avvalroq Bayden agar AQSh va Rossiya bir-biriga o‘q otsa, bu «jahon urushi»ga aylanishini aytgandi.
AQSh harbiylari Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi. Bu haqda MSNBC telekanali efirida Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
«Prezident [Jo Bayden] amerikalik harbiylar Ukrainada jang qilmasligi to‘g‘risida aniq ko‘rsatma bergan», — degan u.
Kirbi amerikaliklar harbiy kontingentidan AQSh fuqarolarini Ukrainadan evakuatsiya qilishda foydalanish ham «hisob-kitoblardagi xatolik xavfi hamda Rossiya va Amerika qurolli kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv riskini oshirishi»ni qo‘shimcha qilgan va bu esa Ukrainadagi vaziyatni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlagan.
Fevral oyi boshida Kirbi amerikalik harbiylar Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etmasligi, Sharqiy Yevropaga yo‘llanayotgan qo‘shimcha kontingentlarning maqsadi — ««NATO bo‘yicha ittifoqchilarning mudofaasini qo‘llab-quvvatlash» ekanini qayd etgandi.
11 fevral kuni prezident Jo Bayden amerikalik harbiylar voqealarning har qanday rivojida fuqarolar evakuatsiyasi uchun Ukrainaga kiritilmasligini ma’lum qilgandi. «Agar amerikaliklar va ruslar bir-birini ota boshlasa, bu jahon urushi bo‘ladi», degandi prezident.
O‘shanda u Ukrainada bo‘lib turgan amerikaliklarni mamlakatni tark etishga chaqirib, vaziyat «juda tez nazoratdan chiqib ketishi» mumkinligini aytgandi.
12 fevral kuni Vashington Ukraina qurolli kuchlari askarlarini o‘qitish bilan mashg‘ul bo‘lgan 150 nafar amerikalik harbiylarni uyga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Kirbi bu harakatni harbiylarning «qayta dislokatsiyasi» deb atagandi.
«Shaxsiy tarkibimizning xavfsizligi va himoyasi — birinchi darajali tashvish. Biz avvalgidek Ukraina Qurolli kuchlari bilan munosabatlarimizga sodiqmiz», deya qayd etgandi Kirbi.
Shu bilan birga AQSh Ukraina atrofidagi keskinlik o‘sishi fonida Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha kuch tashlashda davom etmoqda. 2 ming askar Amerikadan Polshaga, Germaniyadagi bazada turgan 1 ming harbiy Ruminiyaga yo‘l olishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026