22:24 / 15.02.2022
10287

3 nafar sudya lavozimidan ozod etildi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yana 2 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Foto: Kommersant’

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kengashning joriy yil 14 va 15 fevraldagi qarorlariga ko‘ra:

Andijon viloyati JIB Andijon shahar sudining raisi – Rustamjon Turginov yozma arizasiga binoan;

Samarqand viloyati JIB Jomboy tuman sudining raisi – Mamayusub Sheryigitov yozma arizasiga binoan;

Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi – Sherzod Ne’matov sudyalik qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Bundan tashqari, mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun:

Xorazm viloyati JIB Xonqa tuman sudining raisi – Mehribon Hasanova;

Navoiy viloyati FIB Karmana tumanlararo sudining raisi – Sherali Tog‘ayev intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Top