Namangandagi AYoQSh hududida portlash yuz berdi
Namanganda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasining orqa tomonida yoqilg‘i saqlash maxsus idishini payvandlash vaqtida portlash yuzaga keldi.
Namangan viloyati FVBning ma’lum qilishicha, hodisa 15 fevral kuni soat 12:30 lar chamasida Namangan viloyati Namangan shahar Lola mahalla fuqarolar yig‘ini Boburshoh ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Kimyo servis” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo‘lgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi hududida yuz bergan.
Qayd etilishicha, yollanma ishchilar tomonidan shoxobchaning orqa hovlisida anchadan buyon foydalanishda bo‘lmagan, bo‘sh holda bo‘lgan 25 tonna hajmdagi benzin sig‘imiga ega maxsus idishni tozalash uchun dizel yoqilg‘isidan foydalanilgan. Ta’mirlash davomida payvandlash ishlarini olib borayotgan vaqtda dizel yoqilg‘isi bug‘i va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lib, portlagan.
Natijada, 1 nafar yollanma ishchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni soat 11:30 da Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi «Ziteriya» MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani, buning oqibatida 1 kishi vafot etgani va 11 nafar fuqaro tan jarohati olganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024