Toşkent şahar hokimligi Alişer Navoiy şohköçasi rekonstruksiya qilinişini e’lon qildi va loyiha renderini taqdim etdi.

Hokimlik bu orqali “tirbandliklarni kamaytiriş, haydovçilar hamda piyodalarga qulaylik yaratiş” maqsad qilingani, loyiha “malakali mutaxassislar” guruhi tomonidan işlab çiqilganini bildirgan.

Gazeta.uz naşri loyihadagi kamçiliklarni körsatib, poytaxt hokimligi bunday xatolarga avval ham yöl qöygani, şaharda transport muammolarini hal etişning notöğri strategiyasi qöllanayotgani haqida yozib çiqdi.

Naşr mazkur maqolasi orqali davlat rahbariga murojaat qilgan. “Hokimlik jamoatçilik ovozini eşitmayapti”, deya qayd etgan Gazeta.uz.

Ta’kidlaş lozim, Toşkent şahar hokimligi transport muammolarini hal qiliş böyiça tanlagan yöl (yöllarni kengaytiriş, yöl ötkazgiçlar quriş – umumiy aytganda piyodalarni emas, avtomobillarni birinçi öringa qöyiş) – şaharsozlik sohasidagi tadqiqotlar xulosalariga zid.

Dunyoning yirik megapolislari tajribasida isbotlangan qoidaga köra, yöl qança köp va keng bölsa, tirbandlik şunça köpayadi. Şahar yöllari avtomobillarni köproq va tezroq ötkazişni emas, balki köproq odamni ötkaziş orqali xavfsiz muhitni ta’minlaşi kerak; köproq odam yölda yurişi uçun esa sifatli jamoat transporti zarur.

Afsuski, Transport vazirligi va Toşkent şahar hokimligi nafaqat bu ilmiy yondaşuvdan yuz ögirib xatolar ketidan xatolar qilişda davom etmoqda, balki şaxsan davlat rahbarining takror-takror bergan topşiriqlariga ham zid yöl tutyapti.

“Yöllarimizda piyodalar harakati, odamlarning halovati, salomatligi ustuvor bölişi kerak”, degandi prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yildagi taqdimotlardan birida. Davlat rahbari 2022 yil 2 fevralida tasdiqlagan Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantirişning 2025 yilgaça bölgan konsepsiyasida ham quyidagiça belgilab qöyilgandi: