2021 yil dekabrida Özbekiston Transport vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Toşkent şahar transporti va transport infratuzilmasini 2025 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasi e’lon qilindi.

Ayrim ijobiy jihatlarini hisobga olmaganda, bu hujjat «konsepsiya» tuşunçasiga mos kelmaydi, deb ayta olamiz. Zero, u konseptual yondaşuv, yeçim, ilmiy asoslangan takliflar, şahar aholisi uçun zarur bölgan ğoyalarni özida aks ettirmagan.

Konsepsiya nima?

«Konsepsiya» tizimli qaraşlar, tuşunçalar, mazmun va maqsadlarni aks ettirişi kerak, faqatgina çora-tadbirlarni emas. Funksiyasiga köra transport va yöl infrastrukturasi konsepsiyasi keng qamrovli, yöl-transport siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaydigan bölişi lozim.

Konseptual yondaşuv boşqaruvdan boşlanişi kerak

Mazkur konsepsiya eng muhim masalani — yöl-transport infrastrukturasi boşqaruvi masalasini qamrab olmagan. Vaholanki, yaxşi boşqaruvsiz na yaxşi yöl va na yaxşi transport tizimi böladi.

Toşkent şahri misolida aytadigan bölsak, yöl-transport infrastrukturasi turli vazirlik va idoralar boşqaruvida bölib, aniq va uyğun tizim, yagona siyosat yöq. Yöllar bir paytning özida Transport vazirligi, hokimliklar, Vazirlar Mahkamasi boşqaruvida, yöllarni rejalaştiriş mahalliy hokimiyat taklifi va Vazirlar Mahkamasi darajasida, jamoat transporti hokimlik tarkibidagi Transport boşqarmasi boşqaruvida.

Bunday holat samarador boşqaruvni taşkil etişga tösqinlik qiladi. Transport tizimini, ayniqsa jamoat transportini muttasil örganib boriş öta past darajada. Konsepsiyada körsatilgan avtobuslar, bekatlar, trotuarlarni yangilaş va boşqa tadbirlar yaxşi boşqaruv şaroitidagina samarali olib boriladi. Yöqsa, avtobus yangilaş uçun har safar yangi konsepsiya qabul qilişga töğri keladi...

Konsepsiya jamoat transportiga nisbatan konseptual islohot ğoyalarini taqdim etmagan. Unda yangi transport yönalişlari oçiş, avtobuslarni yangilaş kabi takliflardan taşqari, jamoat transporti maqsadi, boşqaruvi, tizimli işlaşi uçun möljallar keltirilişi kerak edi.  

Jamoat transporti mahalliy hokimiyat tomonidan (jamoatçilik kengaşi bilan birga) yagona siyosat asosida boşqarilişi, doimiy tadqiq qilinişi kerak.