Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya urush bo‘lishini istamaydi - Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokara o‘tkazdi.
Foto: TASS
“Rossiya urush bo‘lishini istamaydi”, – dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Olaf Shols bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida.
«Hozir janob federal kansler va uning yoshidagi odamlar, men ham o‘sha avlodga mansubman, Yevropada urush bo‘lishini tasavvur qila olmasligini aytdi. Bu albatta, Ukraina atrofidagi vaziyatga nisbatan aytildi. Ammo biz Yevropadagi urushning guvohi bo‘lmadikmi? Aynan NATO bloki Yugoslaviyaga qarshi ochgan urushning», — dedi Putin.
Rossiya prezidenti Belgradga raketa-bomba zarbalari berilgan harbiy operatsiyani eslatdi.
U Rossiya Yevropada urush bo‘lishini xohlamasligini ta’kidladi.
«Aynan shu bois muzokaralar jarayoni to‘g‘risidagi takliflarimizni ilgari surdik, buning natijasi barcha uchun teng xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lishi lozim. Afsuski, takliflarimizga batafsil javob olmadik», — dedi Putin.
Mavzuga oid
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026
Kreml OAVga Bonya murojaati mavzusini kengaytirmaslikni buyurdi
14:36 / 16.04.2026
«Xalq sizdan qo‘rqadi». Mashhur bloger Putinga murojaat qildi
10:10 / 16.04.2026