Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi tasdiqlanadi
Prezidentning «O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan:
- O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi;
- O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.
O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiyasi:
a) milliy ta’lim dasturi va «Yo‘l xaritasi»ning amalga oshirilishi yuzasidan:
- muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
- doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazining rasmiy veb-saytida joylashtirib borilishini ta’minlaydi;
- har olti oyda Oliy Majlis palatalari va O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritilishini ta’minlaydi;
- axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi;
- b) vazirlik va idoralar rahbarlarining milliy ta’lim dasturi va «Yo‘l xaritasi» ijro holati yuzasidan axborotini muntazam eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etiladi.
«Yo‘l xaritasi»da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar milliy komissiya ishchi organi – inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markaziga taqdim etadi.
Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir.
Innovatsion rivojlanish vazirligi inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi bilan birgalikda inson huquqlari sohasidagi ta’lim bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlov e’lon qilinishini ta’minlaydi.
Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga 2022 yildan boshlab inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha eng yaxshi takliflarning davlat granti tanlovlarini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi ochiq stipendiya tanlovlari asosida xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish dasturlari maqsadli ko‘rsatkichlarini tuzishda inson huquqlari masalalari bo‘yicha buyurtmachi vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga oladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026