07:51 / 16.02.2022
2686

O‘zbekiston MDH davlatlari Oliy sud raislari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlaydi

Foto: Shutterstock

Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi bilan:

  • 2021 yil 15 oktabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Oliy (yuqori) sudlari raislari kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitimni tasdiqlash;
  • O‘zbekiston Oliy sudini mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilash nazarda tutilgan.

Bitim loyihasi quyidagi masalalarni qamrab oladi:

  • iqtisodiyot sohasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni hal qiluvchi Oliy arbitraj, xo‘jalik, iqtisodiy va boshqa sudlar raislari kengashi vakolat doirasini kengaytirish;
  • MDH ishtirokchi-davlatlarining Oliy sudlari raislari kengashini tuzish;
  • MDH ishtirokchi-davlatlarining Oliy sudlari raislari kengashi nizomini tasdiqlash.

Oliy (yuqori) sudlar raislari kengashi to‘g‘risidagi nizom loyihasining 1-bandiga muvofiq, kengash MDH davlatlararo organi hisoblanadi va sudlar o‘rtasidagi hamkorlikning kelishilgan tamoyillari va qoidalarini ishlab chiqish, uni tashkiliy qo‘llab-quvvatlash va amaliy amalga oshirishda yordam berish uchun tuzilgan hisoblanadi.

Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • odil sudlovni amalga oshirish, MDHga ishtirokchi-davlatlar hududida yashovchi (joylashgan) shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi sud organlari hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari va shakllarini aniqlash;
  • MDH doirasida qabul qilingan huquqiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni amalga oshirishda ko‘maklashish va MDH doirasida davlatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va boshqalardan iborat.
Top