Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina davlat xizmatlari portali O‘zbekistondan DoS hujumga uchradi
Ukraina davlat xizmatlarini ko‘rsatish portali «Diya» («Harakat») kuchli DoS hujumga uchradi, uning dastlabki vektori Rossiya va Xitoydan kelgan, dedi Ukrainaning raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, portalga kiberhujum taxminan soat 20:00 da banklar ortidan boshlangan. «Diya» foydalanuvchilari uchun u sezilmadi. 15 fevralning ikkinchi yarmida «PrivatBank» va «Oshchadbank» bir necha soat davomida DoS hujumni boshdan kechirdi. Ba’zi xizmatlar, jumladan, bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari ishlamadi. Foydalanuvchilar bank mobil ilovalaridagi uzilishlar haqida ham shikoyat qilgan.
«Birinchi vektor Rossiya va Xitoydan keldi. Bir soniyada 600 000 paket zararli trafik yuborildi. Mutaxassislarimiz bu yo‘nalishni tezda «kesdi», ammo hujum Chexiya va O‘zbekistondan qaytdi. U yana bartaraf etildi», dedi Fedorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ish doimiy bosim va provokatsiyalar ostida davom etmoqda, lekin maksimal darajada safarbar qilingan va jamlangan.
Mavzuga oid
20:40
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026