Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston endi davlat chegarasi rejimini buzgan va jarima to‘lagan xorijliklarni deportatsiya qilmaydi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat chegarasi rejimini buzib o‘tganda (224-1-modda) qo‘llanilgan jarimani to‘lamasa, O‘zbekiston hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
Ilgari jarima to‘lashidan qat’i nazar O‘zbekistondan chiqarib yuborilgan.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilganda keyinchalik O‘zbekistonga kirish huquqi cheklanish muddatini qo‘llashga aniqlik kiritildi.
Davlat chegarasi rejimini birinchi marta buzib o‘tganda 1 yil muddat, ikkinchi marta sodir etilganda 3 yil muddat O‘zbekistonga kirish huquqi cheklanadi.
Mavzuga oid
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
20:35 / 09.04.2026