Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navro‘z bayramida xodimlarga ketma-ket 5 kungacha dam beriladi
Navro‘z munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar 4 kun dam oladi.
“2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan 2022 yil 22 va 23 mart kunlari barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar Navro‘z bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam oladi.
Xususan:
- 19 mart (shanba) - dam olish kuni;
- 20 mart (yakshanba) - dam olish kuni;
- 21 mart (dushanba) – Navro‘z bayrami;
- 22 mart (seshanba) – qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.
- 23 mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 4 kun (20–23 mart kunlari) dam oladi.
Mavzuga oid
15:40 / 16.05.2026
Hayit munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam bo‘ladi
21:17 / 07.05.2026
11 may kuni umumta’lim maktab yuqori sinflarida dars o‘tiladi – vazirlik
09:20 / 18.03.2026
Mart oyidagi bayramlar: necha kunlik dam olish kutilyapti?
09:46 / 21.02.2026