Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda fuqaroni tez tibbiy yordam muassasasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1300 dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: DXX
Surxondaryo viloyati IIB va DXX boshqarmalari tomonidan Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning Vodiy mahallasida joylashgan tez tibbiy yordam muassasasi xodimi fuqaro Sh.B. xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zi ishlayotgan joyga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqaro J.Sh.dan 1300 dollarni pora sifatida olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Sh.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025
Farg‘ona shahar IIB, ijarachi va opa-singil ishi: qamoq muddati uzaytirildi
18:41 / 03.09.2025
Kasbi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi “kasbini o‘zgartirdi”: u tovlamachilik qilayotganda ushlandi
14:47 / 09.07.2025