Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT O‘zbekistondan Tojikistonga gumanitar yordam jo‘natdi
BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi qochoqlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyor turish tadbirlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi “Termez Cargo Centre”dan Tojikistonga gumanitar yordam jo‘natdi.
Foto: UzA
O‘zA xabariga ko‘ra, mazkur insonparvarlik ko‘magi Afg‘onistondan ehtimoliy qochoqlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rishda Tojikiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatning bir qismidir.
Gumanitar yukning birinchi jo‘natmasi tarkibida 40 tonnaga yaqin yashash joyi uchun kerakli oilaviy chodir, yotoq to‘shagi, oshxona jihozlari, polietilen plyonka va boshqa birlamchi yordam buyumlari mavjud. 2021 yil noyabr-dekabr oylarida Termizga havo va quruqlik yo‘li orqali yetkazilgan yuk zarur yordamni zaxiralash uchun Tojikistonga olib ketilmoqda.
Ushbu saxovat missiyasi Yaponiya hukumatining 700 000 dollarlik beg‘araz ko‘magi va Yevropa ittifoqining 500 000 yevro miqdoridagi yordami hisobidan amalga oshirildi.
Insonparvarlik yuki O‘zbekiston hukumati ko‘magida Termiz yuk tashish markazida tashkil etilgan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissarligi gumanitar markazidan jo‘natildi.
Mavzuga oid
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
14:10 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi
20:44 / 26.03.2026
Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi
20:15 / 26.03.2026