Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘arbning Rossiyaga kiritadigan sanksiyalaridan MDHdagi qaysi davlatlar eng ko‘p jabr ko‘rishi ma’lum qilindi
Qayd etilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilgan taqdirda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikistonga buning ta’siri katta bo‘ladi.
Moody`s xalqaro agentligi G‘arbning Rossiyaga qarshi kiritadigan sanksiyalari oqibatlarini baholadi. Agentlik jazo choralari kuchli ta’sir qiladigan MDH mamlakatlarini sanab o‘tdi.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlar uchun asosiy xatarlardan biri mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari miqdori kamayishi bo‘ladi.
Agentlik Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Moldova va Tojikistonni Rossiyaga qarshi kiritiladigan sanksiyalardan eng ko‘p jabrlanadigan mamlakatlar sifatida ko‘rsatgan.
Agarda sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini jiddiy tarzda sekinlashtirmasa, bu mamlakatlar uchun xatar unchalik yuqori bo‘lmasligi aytilgan.
G‘arb Ukrainaga hujum boshlangan taqdirda Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishga tayyorlanmoqda.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026