Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiyaga xavf solmasligi to‘g‘risida Putinga kafolat berishga tayyor – Boris Jonson
Jonsonning ta’kidlashicha, NATO - tinchlik va mudofaa alyansi.
Foto: Chris J Ratcliffe/Getty Images
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson NATO Rossiyaga xavf solmasligi to‘g‘risida RF prezidenti Vladimir Putinga kafolat berishga tayyorligini aytdi.
«Agar prezident Putin tayyor bo‘lsa, oldinda bir yo‘l bor. U ko‘rayotganini ta’kidlayotgan tahdidlarni muhokama qilish mumkin. Chunki aslida bu tahdidlar xayolot ekanligini hammamiz bilamiz. Bu NATOni tahdid soluvchi alyans deb o‘ylaydigan Kremlning xato tasavvuri mahsuli», — dedi u.
Jonson NATO — tinchlik va mudofaa alyansi ekanligini ta’kidladi. U G‘arb buni isbotlash uchun Putin bilan ishlashga va Rossiya prezidenti ehtiyoj sezayotgan kafolatlarni berishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2014 yilda Qrimni qo‘shib olmaguniga qadar Germaniyadan sharqdagi hech bir yerda NATOning muntazam qo‘shinlari bo‘lmagan. U NATO qo‘shinlari Polsha va Boltiq mamlakatlariga 2017 yilda joylashtirilgani, ammo ularning soni Rossiya uchun xavfli emasligini aytdi.
Rossiya NATOning sharqqa qarab kengaymasligini hamda sobiq ittifoq davlatlarining alyansga qo‘shilmasligini talab qilmoqda. NATO esa alyansga kirish har bir mamlakatning o‘z xohishi ekanligini bildirgan.
Mavzuga oid
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026
Rossiya aviakompaniyalari eski samolyotlar bir qismini qayta ishlatishga qaytarmoqda
10:26 / 20.01.2026
Daniya va Grenlandiya Arktikada NATO missiyasini tuzishni taklif qildi
14:28 / 17.01.2026