O‘zbekistonda 3 yil ichida 34ta mashinaning gaz balloni portlagani ma’lum qilindi
So‘nggi uch yilda gaz ballon bilan jihozlangan 34 ta transport vositasi portlagan, 23 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi og‘ir jarohat olgan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi.

Bu raqamlar O‘zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasining 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan majlisida ochiqlandi.
«Avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish xususiy sektorga berilishi, ayrim joylarda tamagirlik holatlari kuzatilayotgani, mas’ullar avtomobil holatini tekshirmasdan, muayyan pul evaziga texnik ko‘rikdan o‘tganlik dalolatnomasi yozib berayotgani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Avtomobillarning o‘z vaqtida yoki haqiqatan ham texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagani hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani oqibatida gaz ballonlari o‘rnatilgan avtotransport vositalari bilan sodir bo‘lgan baxsiz hodisalar soni kun sayin ortib bormoqda.
Masalan, 2019/20-yillarda bunday ballonlarga ega 11 ta transport vositasi portlagan bo‘lsa, 2021 yilning o‘zida ushbu ko‘rsatkich 2 barobarga ortib, 23 tani tashkil etgan. Oqibatda so‘nggi 3 yilda 23 nafar inson halok bo‘lgan, 18 nafari og‘ir jarohat olgan», deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisi o‘z chiqishida Ichki ishlar vazirligi avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlik sub’yektlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishi zarurligini alohida ta’kidladi.
«Avtotransport vositalariga siqilgan tabiiy gaz ballonlarini noqonuniy ravishda o‘rnatish va ularni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik holatlari yildan yilga ko‘paymoqda. Senatning kuni kecha bo‘lib o‘tgan yigirma uchinchi yalpi majlisida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan ushbu muammolar ko‘tarilib, hukumatga parlament so‘rovi yuborildi», deydi senator Qutbiddin Burhonov.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning ma’lum qilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha 1275 ta “metanzapravka”lar, 1078 ta avtomobillarga gaz quyuvchi shoxobcha, mashinalarga gaz ballon jihozlarini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi 150 ta tashkilot, gaz ballon ishlab chiqaruvchi 3 ta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyati Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori bilan tartibga solingan. Neftgaz inspeksiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, IIV YHXX gaz ballonlarini ishlab chiqarish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, o‘rnatish va boshqa qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun mas’ul etib belgilangan.

«Siqilgan va suyultirilgan gaz yoqilg‘isida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini nazorat qilish maqsadida IIV tomonidan doimiy ravishda maxsus reydlar o‘tkazib kelinmoqda. 2021 yildan bugungacha o‘tkazilgan 1540 ta maxsus reyd davomida 2182 ta avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazilmagani, 2236 ta avtomobilga gaz uskunalari o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlanib, aybdorlarga tegishli ma’muriy choralar ko‘rildi.
Foydalanish muddati o‘tgan, amalda davlat standartlari talabiga javob bermaydigan 1475 ta gaz balloni foydalanishdan chiqarildi. Ushbu yo‘nalishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga 133 ta taqdimnoma kiritildi», deydi Bekmurod Abdullayev.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

09:32 / 09.05.2025
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

15:29 / 02.05.2025