Jahon | 20:45 / 19.02.2022
14223
2 daqiqa o‘qiladi

Stoltenberg Rossiya chegaralari atrofida NATO kuchlarini yanada ko‘paytirish bilan tahdid qildi

Yyens Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATO alyans a’zolarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya rahbariyatining mamlakat chegarasi atrofidagi alyans kuchlarini kamaytirishga urinishi aksincha oqibatga olib kelishini aytdi

«Agar Kreml o‘z chegaralari atrofida kamroq NATO bo‘lishini istaydigan bo‘lsa, u holda faqat yanada ko‘proq NATOni ko‘radi. Kreml NATOni bo‘lib tashlashni istasa, alyans yanada kuchliroq birlashadi», — dedi Stoltenberg.

U shuningdek, NATO alyans a’zolarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’kidladi. 

Shu bilan birga, Stoltenberg alyansdagilar Rossiya Ukrainaga hujum qilish-qilmasligini bilmasligini, ammo «chegaralar yaqinida mislsiz harbiy kuchlarni ko‘rayotgani»ni aytdi.

NATO bosh kotibi Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketish inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishning muhim sharti ekanligini ta’kidladi va alyans Moskva bilan muloqotga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid