Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani Çaman mahallasi hududidan oqib ötuvçi katta ariq eşaklar qabristoniga aylangan. Uşbu holat tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingaç, suyaklar olib ketilib, yöq qilingan.
Mahalla raisi Ixtiyor Mahkamovning aytişiça, eşaklar suyagi katta maşinada olib kelingan va ariq suvi oqib turgan paytda taşlab ketilgan bölişi mumkin. Çunki yaqingaça ham aynan öşa suyaklar körinib qolgan joyda ançagina suv yiğilib turgan va uning ostidagi suyaklar körinmagan, suv sathi pasaygaç, körinib qolgan.

Ayni vaqtda hayvonlar qoldiği olib ketilgan bölsa-da, suv ostidan yana bir qança eşak kallasi, suyaklari körinib turibdi. Suyaklar deyarli çiriş holatiga kelgan.
Tuman hokimligi axborot xizmati aholi e’tirozidan söng, sohaga aloqador taşkilotlar va mahalla faollaridan iborat işçi guruh tuzilib, kollektordagi çiqindilar olib ketilganini ma’lum qildi. Holat haqiqatan ham ikki oyça avval noma’lum şaxslar tomonidan sodir etilgani aytildi. Tuman taşkilotlari tomonidan uşbu kollektor qayta-qayta tozalansa-da, yana turli çiqindilarni taşlab ketiş holatlari kuzatilmoqda.



«Eşaklar voqeasi» qayta takrorlanmasligi uçun hozirgi vaqtda IIB, mahalla fuqarolar yiğini va jamoatçilik vakillaridan iborat işçi guruh tuzilgani va ariqqa çiqindi taşlaş holati qayta aniqlansa, qonunda belgilangan tarzda qat’iy çoralar körilişi ma’lum qilindi.
Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Qarşi tuman bölimi aholi örtasida yuqumli va oşqozon-içak kasalliklarining oldini oliş maqsadida tuman aholisidan çiqindilarni turli joylarga taşlab ketmaslik, şunday holatlar kuzatilganda, IIB, Ekologiya, «Toza hudud» DUK yoki SEO va JSXga murojaat qiliş söralgan.
Darvoqe, Çaman mahallasining aynan şu qismi aholi yaşaş markazidan biroz çetda bölib, mana şunday «qora işlar»ga doim uya bölib kelganini tasavvur qiliş qiyin emas. Mahalla raisi ham uşbu fikrni tasdiqladi va bir neça yil avval bu ovloq joylarda noxuş holatlar tez-tez kuzatilgani haqida gapirdi.
Xulosa qiliş mumkinki, «eşaklar voqeasi» ikkita noxuş taxminni ilgari suradi. Birinçidan, bunçalik köp miqdordagi hayvon qoldiqlari ariqqa taşlab ketilişi natijasida istalgan yuqumli kasallik tarqaliş ehtimoli yuqori. Çunki öşa ovloqdagi suv oqib aholi yaşaş punktiga yetib kelyapti. Ikkinçi tomoni esa, eşaklar nega söyilgan va ularning göşti nima uçun işlatilgan? Taxmin qiliş ham kişi ta’bini xira qiladi.

















