11 sentabr kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida Damas haydovçisi piyodalar ötiş joyidan ötayotgan öquvçini urib ketişiga bir baxya qoldi.

Holat aks etgan videoda Damas özi bilan bir yönalişda kelayotgan boşqa transport vositalaridan farqli ravişda piyodalar ötiş joyidan ötayotgan öquvçini ötkazib yuboriş uçun töxtamaganini köriş mumkin. Yöldan ötayotgan bola esa Damas’ni körib yugura boşlagan. Öquvçi yölga yiqilib tuşganidan keyin ğildirak ostida qolmaslik uçun jon-jahdi bilan oldinga sakragan.

Damas esa katta tezlikda uning yonginasidan ötib ketgan.

YHXX axborot xizmati xabar qilişiça, Damas’ning 68 yoşli haydovçisi topilgan.

Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz şahri sudi tomonidan qoidabuzar haydovçiga nisbatan Jinoyat sudi tomonidan BHM ning 25 baravari miqdorida (10,3 mln söm) jarima va 1 yil muddatga haydovçilik huquqidan mahrum etiş jazosi tayinlandi.