Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyatida politexnikum tashkil etiladi - hukumat qarori loyihasi
"Qashqadaryo viloyatida Ko‘kdala tuman 2-son politexnikumini tashkil etish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:
- Ko‘kdala tumanidagi Ko‘kdala pedagogika kolleji negizida kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Ko‘kdala tuman 2-son politexnikumini tashkil etish;
- sobiq Ko‘kdala pedagogika kolleji hududida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi hamda unga tutash bo‘lgan 0,5 ga yer maydoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida qoldirish.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) texnikum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat kasbiy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda uning faoliyati amaldagi kasbiy ta’lim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
b) 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab texnikumga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining 9- va 11-sinf bitiruvchilari belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilinadi va o‘quv jarayoni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida kunduzgi, kechki va dual ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
v) texnikumni saqlash xarajatlariga 2025 yilda talab etiladigan mablag‘lar Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, 2026 yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Texnikumning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
- iqtisodiyot tarmoqlarida o‘rta bo‘g‘in kadrlariga talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
- o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlashda ichki va tashqi mehnat bozorida takliflarni o‘rganish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish;
- ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
- kadrlar tayyorlash jarayoniga soha korxonalaridan amaliyotchilar, oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
- xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish orqali tashqi mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlashni kengaytirish;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha ishsiz va band bo‘lmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga o‘qitish, bunda qisqa muddatli o‘quv kurslarini ish beruvchilar talabiga muvofiq tashkil etish;
- yoshlarni tanlagan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyalarni egallash jarayonida o‘quvchilarning kasbiy layoqat, ko‘nikma va malakalarini oshirish;
- kadrlarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
- o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, vatan bilan g‘ururlanish va iftixor tuyg‘usini shakllantirish;
- tegishli kasbiy ta’lim darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish;
- nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
- malaka va kompetensiyalar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini hamda ish beruvchilar buyurtmasi asosida mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- o‘quvchilarning egallagan kasb va mutaxassislik bo‘yicha xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarini olishlariga shart-sharoitlar yaratish.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026