Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoygu DXR va LXR chegaralariga qariyb 60 ming nafar ukrainalik harbiy joylashtirilganini ma’lum qildi
Rossiya mudofaa vazirining fikricha, Ukraina Donbassda jiddiy provokatsiya yoki harbiy operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
Foto: TASS
Donetsk va Lugansk oblastlari chegaralarida qariyb 60 ming nafar ukrainalik harbiylar turibdi, deb ma’lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Uning fikricha, Ukraina Donbassda jiddiy provokatsiya yoki harbiy operatsiya tayyorlamoqda. Shoygu Ukraina Donbassga "jangovar tayyorgarlikning eng yuqori darajasidagi qismlarni" keltirganini aytdi.
"Bu jiddiy provokatsiyalar uyushtirish yoki Donbass masalasini kuch bilan hal qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildiradi. Umuman olganda, vaziyat juda keskin", - deb xulosa qildi Rossiya mudofaa vaziri.
Uning ma’lumot berishicha, Donetsk va Lugansk oblastlari chegarasida 59,3 ming nafar ukrainalik harbiy to‘plangan.
"Bugun texnikaning ilgarigi joylariga qaytishini kuzatmoqdamiz. U yerda hozirgi kunda nimalar bor: "Tochka-U" qurilmalari, 345 tank, 2 160 jangovar zirhli mashina, 820 artilleriya qurollari va minomyotlar, 160 reaktiv hujum tizimi, jumladan, "Smerch" qurilmalari", - dedi Shoygu.
Mavzuga oid
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026