Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya uchun bevosita tahdid bo‘lishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaati davomida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Rossiya xavfsizligi uchun bevosita tahdid bo‘lishini aytdi.
Foto: TASS
«Ukraina o‘z yadro qurolini yaratishga qodirligi to‘g‘risida bayonotlar yangradi. Bu shunchaki o‘zini ko‘rsatish emas, Ukrainada hali ham sovet texnologiyalari bor. Ukraina bunday qurolga osongina ega bo‘ladi.
Ukrainaning NATOga kirishi — bu Rossiya xavfsizligi uchun bevosita tahdid.
Bizni NATO mudofaa ittifoqi ekanligiga ishontirishga urinishadi, so‘zlariga ishonishimizni so‘rashadi, ammo bunday so‘zlarning haqiqiy bahosini yaxshi bilamiz.
Bizning mamlakatimiz NATO hujjatlarida rasman xavfsizlikka tahdid deb e’lon qilingan», - dedi Rossiya prezidenti.
Mavzuga oid
10:34
Ukraina dronlari Rossiya neft sanoatiga hujumlarni davom ettirmoqda
20:49 / 18.04.2026
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ukraina tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
09:15 / 18.04.2026
Zelenskiy Minskka keskin signal yo‘lladi
16:37 / 17.04.2026