Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 40 million so‘m evaziga hokimiyat zaxirasidagi 12 sotix yerni olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U hokimlik zaxirasidagi 12 sotix yerni 40 million so‘m evaziga hujjatlashtirib berishini aytib, kelishilgan puldan 5 million so‘mni olayotganda qo‘lga olingan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qarshi tumanida yashovchi fuqaro X.E. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 40 million so‘m evaziga Qarshi tuman hokimligi zaxirasidan 12 sotix yerni hujjatlashtirib olib berishni va’da qilib, oldindan 5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq qashqadaryolik bloger fuqarolardan biriga 7 million so‘m evaziga Chiroqchi tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish maskanlari qurilishi uchun ajratilgan joydan 3 sotix yer olib bermoqchi bo‘lganda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
15:23 / 11.11.2025