Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida 30 nafar talabaning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
O‘sh davlat universitetida tahsil olayotgan 30 nafar talabaning o‘qishini ko‘chirib berishini aytib firibgarlik qilgan va pora olgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqarolar Sh.I., M.A., J.O. va N.U. fuqaro M.dan Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida tahsil olayotgan 30 nafar talabaning o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirib berish evaziga 67 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Surxondaryo va Namangan viloyatlarida o‘qishni ko‘chirib berishini aytib firibgarlik qilgan va pora olgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
10:25
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
08:45 / 15.06.2026
Farg‘onada 1 kilogrammdan ortiq gashish olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi
21:36 / 14.06.2026