Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV va Bosh prokuraturada yerlar talon-toroj qilinishi oldini olish bo‘yicha maxsus bo‘limlar tashkil etilmoqda
“Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tashkil etildi: Bosh prokuratura tarkibida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish boshqarmasi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limlari.
2022 yil 1 martdan:
aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha Bosh prokuratura (1007 qisqa raqami) va Kadastr agentligiga (1097 qisqa raqami) yuborilgan fotosurat va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilariga o‘z hududida qurilishi boshlangan har qanday bino yoki inshootlarning qonuniyligini aniqlash bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, qurilish va kadastr organlariga so‘rov yuborish huquqi beriladi.
Bunda so‘rovlar 5 ish kunida majburiy tartibda ko‘rib chiqilib, qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
Qarorga ko‘ra, “Ye-YER NAZORAT” tizimida yer uchastkalari bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ma’lumotlar xaritasi alohida yuritiladi.
Mavzuga oid
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026