Öqituvçi dars tayyorlab kelmaydigan, maktab içki tartib-qoidasini buzadigan öquvçilarni jazolaşi mumkin emas. Biroq uning holatini bolaning ota-onasi iştirokida muhokama qilişi mumkin. Agar öquvçi özgarmasa, u maktabning içki röyxatiga kiritiladi.
Bu haqda bugun, 23 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligida ötkazilgan matbuot anjumanida vazirlik ma’naviy-axloqiy tarbiya boşqarmasi boşliği Akbar Tagayev ma’lumot berdi. Kun.uz muxbiri vazirlik rasmiysining izohlarini keltirib ötadi.
Öquvçilarga töğridan töğri jazo çorasi qöllab bölmaydi
Şaxs voyaga yetgunga qadar uning xatti-harakatlari uçun ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçilar javobgar böladi. Öquvçilarga töğridan töğri jazo çorasini qöllaş qonunan mumkin emas.
Albatta, agar öquvçi darsga tayyorlanib kelmasa, uni muhokama qiliş uçun dars vaqti kamlik qiladi, öquvçilar soni esa köp. Ana şunday holatda öquvçiga nisbatan qanday yöl tutiş kerakligi “Umumiy örta ta’lim muassasasining içki tartib va odob-axloq qoidalari”da belgilangan.
Darsga tayyorlanib kelmagan öquvçining kundaligiga yozma tarzda ma’lumot beriş yoki sinf rahbari orqali ota-onani xabardor qiliş kerak. Hozir maktablarda Kundalik.com platformasi ham işlayapti. Bu platformaga ma’lumot kiritiş orqali ham öquvçi dars qilib kelmagani haqida ota-onani xabardor qiliş mumkin. Bu – birinçi qadam.
Agar bu qadam özini oqlamasa va öquvçi darsni özlaştirmay kelişda yana davom etsa, unda öqituvçi sinf rahbari orqali bolaning ota-onasini maktabga çaqirtiradi. Maktab direktori, sinf rahbari, ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktor örinbosari, psixolog iştirokida fan öqituvçisi ota-ona bilan öquvçining holatini muhokama qiladi.
Öquvçini röyxatga kiritiş mumkin
Agar bu çora ham kutilgan natijani bermasa, unda keyingi bosqiçga ötiladi. Maktablarda oila-mahalla-ta’lim muassasasi jamoatçilik kengaşlari faoliyat yuritadi. Bu jamoatçilik kengaşi a’zolari qarori bilan öquvçini maktabning içki profilaktik röyxatiga kiritiş mumkin. Bunday röyxatga muntazam ravişda odob-axloq qoidalarini buzib kelayotgan öquvçilar maktab rahbari buyruği va jamoatçilik kengaşi qarori asosida kiritiladi.
Bu röyxatda öquvçi 6 oygaça turişi mumkin, biroq muddat ötgunça ham öquvçida özgariş bölmasa, maktabning murojaati bilan bola Içki işlar bölimlarining profilaktik röyxatiga qöyiladi.
Har ikkala holatda: öquvçi maktab içki röyxatiga yoki Içki işlar bölimlarining profilaktik röyxatiga qöyilganda ham ota-onadan tilxat olinadi. Maktabning ta’sir çorasi – şu.
Içki röyxatdagilar bilan qanday işlanadi?
Yanvar oyi holatiga köra, 10 mingdan oşiq maktabda 150 mingdan ortiq öquvçi maktablarning içki röyxatida turadi.
Bu röyxatdagilar huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etmagan, faqat huquqbuzarlikka moyilligi bor bolalar.
Bundan taşqari, ota-onasi mehnat muhojirligida bölib turgan, keksa buvisi qaramoğida qolgan öquvçilar ham içki röyxatga kiritiladi. Ular heç qanday yomon iş qilmagan, faqat bunday bolalar bilan köproq işlanadi, murabbiy biriktiriladi, tögaraklarga jalb qilinadi.
Dars qilmagan öquvçilarni izza qilgan öqituvçi işdan olindi. Bu adolatdanmi?












