Qozoğiston hukumati va OpenAI kompaniyasi ta’lim sohasida hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Bu haqda Qozoğiston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlaniş vazirligi xabar berdi.

Uşbu kelişuv orqali raqamlaştiriş va innovatsion ta’lim yeçimlarini joriy etiş sohasida uzoq muddatli hamkorlik uçun asos yaratilişi ta’kidlanyapti.

Hujjat qozoğistonlik pedagoglarga uç yil davomida har yili kamida 165 ming ChatGPT Edu litsenziyasini berişni nazarda tutgan. ChatGPT’ning maxsus versiyasi ta’lim muassasalarida foydalaniş uçun möljallangan bölib, sun’iy intellektga asoslangan vositalar yordamida öqitiş sifatini oşirişga qaratilgan.

«Butun dunyo böylab öqituvçilar ma’muriy vazifalarni kamaytiriş orqali öquvçilarni öqitiş hamda rivojlantirişga köproq vaqt ajratiş uçun sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Töğri qöllab-quvvatlaş bilan öqituvçilar sun’iy intellektni öquv jarayonida samarali tarzda qöllaş imkoniyatiga ega böladi. Qozoğiston hukumati bilan kelişuvimiz mahalliy öqituvçilarga ChatGPT’dan foydalanişga va butun mamlakat böylab maktablarga sun’iy intellekt afzalliklarini joriy etişga yordam beradi», deya ta’kidlagan OpenAI GTM ta’lim va davlat dasturlari yönalişi rahbari Kevin Mils.