Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina TIV fuqarolarni Rossiyani zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Ukraina TIV binosi / RIA Novosti
Ukraina tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga Rossiyaga bormaslikka, u yerda bo‘lib turganlarni esa zudlik bilan chiqib ketishga chaqirdi.
Idora sayti xabarida qayd etilishicha, bu choralar «Rossiya agressiyasi kuchayishi» munosabati bilan taklif etilgan. «Ushbu tavsiyalarni e’tiborsiz qoldirish Rossiya Federatsiyasidagi Ukraina fuqarolarini zarur himoya bilan ta’minlashni sezilarli darajada murakkablashtiradi», — deyiladi TIV bayonotida.
- 21 fevral kuni RF prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaatida Ukraina hukumatini qat’iy tanqid qilgan, shundan keyin ushbu mamlakat sharqidagi hududda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk respublikalarini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
- Bunga javoban 22 fevral kuni kechqurun Vladimir Zelenskiy ham telemurojaat bilan chiqdi. U Rossiya Ukraina suverenitetini buzgani va Minsk kelishuvlaridan bir tomonlama chiqqani, shuningdek Ukraina ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanini qayd etdi. Keyinroq Zelenskiy Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarni uzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Ukrainlar prezidenti zaxiradagilarni harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risida farmon imzolagan.
- AQSh, Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, shuningdek Yaponiya, Avstraliya va Kanada DXR va LXRni tan olgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan.
Mavzuga oid
14:08 / 18.02.2026
«Odamlar buni hech qachon kechirmaydi. Hech qachon». Zelenskiy Donbassni Rossiyaga berish taklifi haqida
11:33 / 13.02.2026
The Atlantic: Ukraina, ehtimol, Donbassni Rossiyaga berishga tayyor
09:50 / 10.01.2026
Kiyev Donbassda erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini o‘rganmoqda
16:09 / 31.12.2025