Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI va Markaziy Osiyo davlatlari maxsus vakillari Afg‘onistonni tiklash masalasini muhokama qiladi
Toshkent shahrida Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari konferensiyasi boshlandi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bundan tashqari, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va uning hududida turli loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy sa’y-harakatlar muhokama qilinadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston nomidan tadbirda prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026