Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatda Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Tanzila Norboyeva Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2022 yil 23 fevral kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Yevropa parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Oliy Majlisi Senati axborot xizmatining xabar berishicha, tomonlar Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar, xususan, parlamentlararo munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Ko‘rish mumkinki, mamlakatlarning parlament a’zolari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida muntazam ravishda delegatsiyalar tashriflari amalga oshirilmoqda, parlament a’zolari qonun ijodkorligi faoliyatini o‘rganib, o‘zaro tajriba almashmoqda.
Uchrashuvda D.Makallister Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikka e’tibor qaratayotganini, shu jumladan, O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli sohalarda sheriklik va hamkorlik aloqalari izchil rivojlanayotganini qayd etdi.
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni to‘g‘ri yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari tufayli biz ushbu islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ ro‘yxatiga kiritilishi muhim voqea. Ushbu imtiyozlar o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yaxshi imkoniyatlar ochishi hamda O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada yuksaltirishiga ishonch bildiramiz”, – deya ta’kidladi u.
Tadbirda ikkala tomonlar ham o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Mavzuga oid
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
12:29 / 20.03.2026
YeI yil oxirigacha Rossiya STGdan voz kechishni rejalashtirmoqda
13:05 / 19.03.2026
Mers: Yevropa Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerak
16:42 / 18.03.2026