O‘zbekiston | 15:16 / 25.02.2022
22364
9 daqiqa o‘qiladi

«Biz nafaqat issiqxona qurib beramiz, balki yuqori hosilni ham kafolatlaymiz» – tadbirkor

Xitoy qishloq xo‘jaligi va jumladan, issiqxonalar orqali kambag‘allikni kamaytirmoqda. Uning bu tajribasini O‘zbekistonda ham muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish mumkin, – deydi issiqxonalar qurish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya rahbari Odiljon Vohidov.

Xitoy – kambag‘al qishloq xo‘jaligi mamlakatidan dunyo bo‘yicha iqtisodiyoti ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan mamlakat.

Bugun Xitoyning aql bovar qilmas yirik iqtisodiy loyihalari va kambag‘allikka qarshi kurashdagi muvaffaqiyatli tajribasi haqida ko‘p gapiriladi, ammo hamma ham Xitoy buni qanday uddalayotgani borasida ma’lumotga ega emas.

Xitoy muvaffaqiyatlari haqida gapirganda, avvalo mamlakat qishloq xo‘jaligida qilingan islohotlarni e’tirof etish kerak.

Masalan, 1979 yildan boshlab mamlakatdagi “kommuna” yerlari dehqon oilalariga oz-ozdan bo‘lib berila boshlandi.

Mamlakatda yer maydonlari aholi uchun bo‘lib berilarkan, ularga issiqxonalar qurib, xaridorgir, organik toza mahsulot yetishtirishni o‘rgatuvchi firmalar faoliyati ham rivojlana bordi.

Kooperatsiya shaklida qilingan bu kabi firmalar qilingan uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha mamlakatdagi qashshoq oilalarga 1 «mu», ya’ni 6,7 sotix maydonda o‘z hisobidan issiqxona qurib berar va tanlangan mahsulotni yetishtirish muddatlari bo‘yicha ularga ma’lumot beradi.

Firmalar faqat shu faoliyat bilangina cheklanmaydi. Ular issiqxona egalaridan yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish majburiyatini ham oladi. Shu tariqa kambag‘al aholi bir necha yilda nafaqat issiqxona xarajatlaridan qutuladi va shuningdek, bu faoliyatni davom ettirib, o‘zining iqtisodiy holatini tiklab oladi.

Bu amaliyot bilan Xitoy dehqonlari hozirda Janubiy Koreya, Yaponiya va Osiyoning boshqa davlatlariga juda katta miqdorda organik toza mahsulotlarni eksport qilmoqda.

2018 yildan buyon O‘zbekistonda organik toza mahsulotlar yetishtirishga mo‘ljallangan issiqxonalar qurish bilan shug‘ullanib kelayotgan SOF green house kompaniyasi rahbari Odiljon Vohidovga ko‘ra, bugun Xitoyning qishloq xo‘jaligidagi ayni shu tajribasini O‘zbekistonda ham ommalashtirish va bu orqali aholi daromadini oshirishning yangi bosqichiga qadam qo‘yish mumkin.

SOF green house kompaniyasi tomonidan aholiga taklif qilinayotgan issiqxonalar haqida

Odiljon Vohidovning aytishicha, kompaniya tomorqachi, dehqonlarga eng kichik o‘lchamdan, yirik gektarlarga ham qurish mumkin bo‘lgan issiqxonalarni taklif qilmoqda.

«Bizning asosiy yo‘nalishimiz aholi xonadonlari uchun o‘rta o‘lchamdagi issiqxonalarni yetkazib berish. Issiqxonalarimiz balandligi 3 – 3.5 metrli, jami maydoni esa 1 sotixdan 10 sotixgacha bo‘lgan maydonlar uchun mo‘ljallangan.

Issiqxonalarimizning barchasi ruhlangan materialdan ishlab chiqariladi. Bu butun dunyoda issiqxonalar uchun standart talab hisoblanadi. Ular shamol yoki boshqa ta’sirlarga juda chidamli va bir necha o‘n yillar davomida xizmat qiladi.

Biz shu yildan boshlab issiqxonalar uchun isitish tizimlari, shuningdek, issiqxona ichini ko‘mirda isitishga mo‘ljallangan kotyollar ishlab chiqarishni ham boshladik. Umuman olganda biz issiqxonalarning mukammal ishlashi uchun kerak bo‘ladigan barcha kerakli jihozlarni ishlab chiqaramiz», – deydi u.

Ushbu issiqxonalarda an’anaviy issiqxonalardagidan ko‘ra bir necha barobar yuqori hosil olish kafolatlanadi

Kompaniya rahbarining aytishicha, SOF green house nafaqat issiqxona anjomlari ishlab chiqaradi, balki tomorqachilar uchun organik toza mahsulot yetishtirish imkonini beruvchi organik o‘g‘itlarni ham yetkazib beradi. Bu o‘g‘itlar bilan esa tomorqachilar dehqonchilik uchun noqulay (sho‘rlangan, qum shag‘alli yoki unumdor bo‘lmagan) sharoitlarda ham mahsulot yetishtirishi mumkin bo‘ladi.

«Biz taklif qilayotgan va mahsulot yetishtirish uchun mo‘ljallangan qorishmalar tarkibi biogumus, qizilmiya chirindisi va yana 8 xil turdagi minerallardan iborat.

Tomorqachilarimiz bu qorishmalarga ketma-ket 3 mavsum ko‘chat ekishi mumkin. Bunda hosildorlik oshadi, ekilgan ko‘chatlar immuniteti yuqori holatda bo‘lishi ta’minlanadi.

Biz kichik joydan ko‘p va organik toza mahsulot olish tizimini yaratganmiz», – ta’kidladi Vohidov.

Tadbirkorga ko‘ra, 2017 yildan buyon prezident Mirziyoyev tomonidan aholi xonadonlarida issiqxonalarni ko‘paytirish va unda mahsulot yetishtirish ishlariga katta e’tibor berilmoqda.

«Bu juda to‘g‘ri. Chunki O‘zbekiston qishloqlarida hamma dehqonchilikni yaxshi tushunadi. Lekin sohada yana bir muhim masala borki, issiqxona o‘z nomi bilan issiqxona. Hozir O‘zbekistonda isitish tizimisiz issiqxonalar qurish rivojlanib ketdi. Fikrimcha, bu unchalik to‘g‘ri emas.

To‘g‘ri, isitish tizimlarisiz issiqxona ishlatish respublikaning issiq hududlari, masalan, Surxondaryoda natija berar, lekin qolgan hududlarda emas. Chunki siz ertaroq mahsulot ekib, uni sovuq urdirishingiz yoki kech ekib, hosilni juda arzonga sotishingiz kerak bo‘ladi.

Issiqxonada o‘z nomi bilan isitish tizimi ham bo‘lishi kerak. Bu hosildorlikni yuqori olish uchun juda zarur. O‘simlikka qachon issiqlik me’yorida berilsa, u yuqori hosil berishni boshlaydi. Agar havo harorati kunduz kuni isib, kechki payt sovib ketaveradigan bo‘lsa, o‘simlik stressga tushadi va kutilgan hosilni bermaydi», – deydi u.

Bir tup ko‘chatda 5-6 kilogrammgacha hosil

Kompaniya rahbarining aytishicha, bugun O‘zbekistonda odamlarni bir tup pomidor ko‘chatidan 5-6 kg hosil olish mumkin, deya ishontirish qiyin.

«Lekin biz bilan buning iloji bor. Biz buni o‘z uyimizda ham tajriba qilib ko‘rdik va natijada 1 sotixli issiqxonada bir ekishning o‘zida 2 ming 300 kilogramm hosil oldik. Ha, 1 sotixli va 300 tup ko‘chat ekilgan joydan shuncha hosil. Bu kutgan me’yorimizdan ancha ko‘p edi va biz hosil hisoblashni to‘xtatib ham qo‘ydik.

Issiqxonachilikda ko‘p narsa ekiladigan urug‘ sifatiga ham bog‘liq. Odamlar hozir issiqxonalarni juda baland, chiroyli qilib quradi, lekin urug‘ tanlashga kelganda, arzon urug‘ ekib qo‘yadi va kutilgan hosilni ololmaydi.

Biz aynan shuning uchun ham tomorqachilarga kompleks yechim taklif qilyapmiz. Bu kompleks yechim – urug‘dan tortib, hosil olishgacha kafolat bo‘ladi degani», – deydi Odiljon Vohidov.

Bu hali hammasi emas...

SOF green house’ning tomorqachilarga taklif qilayotgan xizmatlari shu bilangina cheklanmaydi.

«Kompaniyamiz issiqxona sotib olgan tomorqachilarga onlayn agronom biriktirib beradi, shuningdek, issiqxonaga borib, ekilgan ekinni kuzatib turadigan agronom ham bo‘ladi.

Agronomlarimiz tomorqachilarga yerni tayyorlash, urug‘ ekish va ekishdan keyingi barcha bosqichlarda yordamchi bo‘ladi», – deydi suhbatdoshimiz.

Organik toza mahsulot – sog‘lom hayot garovi

«Butun dunyoda kimyoviy o‘g‘itlarsiz yetishtirilgan organik mahsulotlar qadrlanadi. Shu ma’noda bizning asosiy maqsadimiz organik toza mahsulotlar yetishtirishdir.

Bu borada ko‘pchilikda yanglish bir fikr bor – organik toza mahsulot qimmat bo‘ladi. Yo‘q, aslida unday emas. Biz yetishtirayotgan mahsulotlar ham bozordagi narxdan farq qilmasligi kerak», – ta’kidladi SOF green house kompaniyasi rahbari Odiljon Vohidov.

Issiqxona ishlatib unda organik toza mahsulot yetishtirishni rejalashtirayotgan tomorqachilar kompaniya bilan qanday bog‘lanishi mumkin?

SOF GREEN HOUSE MChJ bilan qanday bog‘lanish mumkin?

Manzil: 100142. Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 434-uy.

Mirzo Ulug‘bek Kichik sanoat hududi. Mo‘ljal: Toshkent «Teplitsa Zavodi» orqasida.

Sotuv bo‘limi raqamlari: 99 373 17 74; 99 913 88 59;

Buyurtma berish uchun: https://t.me/sofgreenhouses

To‘liq ma’lumot: https://t.me/teplitsazavodi Telegram guruxi;

                      https://t.me/toshkentteplitsazavodi Telegram-kanali.

https://www.facebook.com/toshkentteplitsazavodi/ Facebook sahifasi

https://www.instagram.com/toshkentteplitsazavodi/ Instagram sahifasi

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid