«Qoradori – 2026» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Şahrisabz şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan fuqaroning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi.

Aniqlanişiça, u öz yaşaş xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona taşkil qilib, sotiş maqsadida 714 tup kannabis ösimligini ekib, parvarişlab kelgan.

Ekspertiza xulosasiga köra, musodara qilingan kannabis ösimliklarining sof oğirligi 201 kilogrammni taşkil etgan.

Yana bir tezkor tadbirda Toşkent viloyatining Bekobod şahrida yaşovçi, 1966 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs poytaxtning Yunusobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlari xodimlari tomonidan töxtatilib tekşirildi.

Tekşiruv davomida uning qölidagi sellofan paketdan 1 kilogramm 994 gramm «gaşiş» giyohvand moddasi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Tergov ma’lumotlariga köra, mazkur giyohvand modda qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan bölib, uni Toşkent şahrida sotiş rejalaştirilgan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.