Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 10 tonna un “adashib” novvoyxonaga tushirildi
Zarafshon shahridagi Quruvchi mahallasi aholisiga tarqatilishi kerak bo‘lgan un manzilga yetib bormasdan, Navoiy shahridagi novvoyxonalardan birining omborxonasiga tushirilgani aniqlandi.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 15 fevral kuni olingan tezkor ma’lumotga ko‘ra Navoiy shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro T.H. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi shubha ostiga olinib, kuzatilgan.
Yuk mashinasi 10 tonna un mahsulotini “Navoiy don mahsulotlari” AJdan “Zarafshon oziq-ovqat invest” XK nomiga olib chiqqan. Haydovchi mazkur un mahsulotlarini Zarafshon shahridagi Quruvchi mahallasiga olib borishi lozim bo‘lsa ham Navoiy shahri Lochin mahallasidagi novvoyxona omboriga tushirayotgan vaqtida ushlangan.
IIB xodimlari tomonidan un mahsuloti belgilangan manzilga yetib borishi hamda aholiga tarqatilishi ta’minlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
13:58 / 14.07.2026
Navoiyning ham ayrim hududlarida bog‘chalar vaqtincha yopildi
14:33 / 09.07.2026
Tergov izolyatorida vafot etgan navoiylik tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi
13:31 / 04.07.2026