O‘zbekiston | 08:44 / 23.02.2022
2601
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda birovlarning nomiga kredit olib, o‘zlashtirib yuborgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ular turli tijorat banklaridan soxta hujjatlar asosida qariyb 450 mln so‘m iste’mol kreditlari ajratilishiga erishgan. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabar berishicha, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda fuqarolar G.V., S.Q. va boshqalar oldindan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida fuqarolarning nomiga hududdagi tijorat banklari filiallaridan jami 441,8 mln so‘mlik iste’mol kreditlari ajratilishiga erishgani aniqlangan. Ular ushbu kredit mablag‘larini “N.M.” va “N.S.” MChJlar hisobraqamlariga o‘tkazish orqali o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid