O‘zbekiston | 12:36 / 25.02.2022
8091
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda Damas urib yuborgan haydovchi vafot etdi

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Haydovchi ko‘cha o‘rtasiga to‘kilgan ko‘mirni terib bo‘lib mashinasi tomonga o‘tayotganda Damas haydovchisi uni e’tiborsizlik bilan urib yuborgan. Bu haqda Kun.uz’ga Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

2022 yil 15 fevral kuni soat 22:30larda M-41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Denov tumani Paxtakurash mahallasi hududidan o‘tuvchi 1497-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

1976 yilda tug‘ilgan, Denov tumani “Xazarbog‘” MFYda yashovchi haydovchi A.M. Damas mashinasini Sho‘rchi-Denov yo‘nalishida boshqarib ketayotib yo‘lni kesib o‘tayotgan shaxsni urib yuborgan. Oqibatda Denov tumani “X.Mahmudov” MFYda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O.A. og‘ir tan jarohatlari olib tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, O.A. o‘z boshqaruvidagi kichik yuk mashinasiga ortib ketayotgan ko‘miri ko‘chaga to‘kilayotganini sezib qolgan. Shundan so‘ng u mashinani yo‘l chekkasiga to‘xtatib ko‘chaga to‘kilgan ko‘mirlarni tera boshlagan. Ishini tugatib mashinasi turgan tarafga o‘tayotganda Damas mashinasi haydovchisi e’tiborsizlik bilan uni urib yuborgan.

Mavzuga oid