Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ham Putinga qarshi personal sanksiya e’lon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Britaniya va Yevropa Ittifoqidan keyin AQSh sanksiyasiga uchradi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Jyen Psaki ma’lum qildi.
«Yevropadagi ittifoqchilarimizga xayrixoh tarzda Rossiya prezidenti Putin, tashqi ishlar vaziri Lavrov va Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolariga nisbatan sanksiya e’lon qilamiz», dedi Psaki. Sanksiya sabab Putinga AQShga kirish taqiqlanadi.
Oq uy rasmiy vakili AQSh Rossiya bilan urushishni maqsad qilmaganini aytdi. Shuningdek, AQSh ehtiyoj tug‘ilgan taqdirda ukrainalik qochoqlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi.
Oldinroq Britaniya va Yevropa Ittifoqi Putin hamda Lavrovga qarshi sanksiya e’lon qilgandi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirguniga qadar hech bir davlat Putinga qarshi personal sanksiya qo‘llamagan.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026