Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyevda diversantlarni aniqlash maqsadida 17:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlandi
Ukraina poytaxti Kiyevda komendantlik soati muddati uzaytirildi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko xabar bermoqda. Uning aytishicha, komendantlik soat shahardagi diversant-razvedkachilarni aniqlash uchun uzaytirilgan.
«Diqqat! Poytaxt mudofaasini kuchaytirish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26 fevraldan boshlab komendantlik soati 17:00 dan 08:00 gacha amal qiladi. Bu muddatdagi komendantlik soati 28 fevralgacha amal qiladi.
Komendantlik soati vaqtida ko‘chada bo‘lgan hamma odamlar dushmanning diversant-razvedka guruhi a’zosi deb hisoblanadi. Vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda ko‘chaga chiqmasligingizni so‘raymiz», deb yozdi Klichko o‘z kanalida.
Oldinroq Kiyev meri o‘zining Telegram-kanalida Kiyevdagi ko‘p qavatli uyning gaz o‘tkazgichi yaqiniga noma’lum odam belgi qo‘yayotgani tasvirlangan video e’lon qilgandi. Uning aytishicha, dushman tomoniga ishlayotgan diversantlar shu tariqa raketa zarbalari uchun belgi qo‘ymoqda. Klichko ayni damda Kiyevda rus harbiylari yo‘qligi, faqat qo‘poruvchi guruhlar va diversantlar harakatlanayotganini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026
Zelenskiy Putinni Konstantinovka bo‘yicha yolg‘on bayonot berishda aybladi
11:30 / 04.07.2026